Ma'muriy javobgarlik kodeksi

135-modda. Yo'l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo'lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi

(135-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi, oynalar tusini o'zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasi, O'zbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo'l varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yo'lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan o'tganligi to'g'risidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yo'qolgan guvohnoma o'rniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan e'tiboran ikki yillik davr mustasno) yonida bo'lmagan holda, xuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qo'yilgan hujjatlarining muddati o'tgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lmagan yoxud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud bo'lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo'lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Haydovchining yonida O'zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo'lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisini oynalar tusini o'zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini o'z yonida olib yurishi talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.