Ma'muriy javobgarlik kodeksi

116³-modda. Aviatsiya xavfsizligini ta'minlashga doir talablarni buzish

(116³-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Aviatsiya xavfsizligi bo'yicha tekshiruvdan o'tmagan shaxslarni, qo'l yukini yoki bagajni, yukni, pochtani, bort zaxiralarini yoxud havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalarni yoki predmetlarni havo kemasi bortiga yetkazib berish yoki yetkazib berishga ko'maklashish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.