Ma'muriy javobgarlik kodeksi

112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq xo'jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo'pol ravishda buzish

(112-модданинг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)

Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa o'ziyurar qishloq xo'jalik, melioratsiya, yo'l-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika xavfsizligi qoidalarini qo'pol ravishda buzish — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.