Ma'muriy javobgarlik kodeksi

110-modda. Hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish

(110-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 январдаги ЎРҚ-1019-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.01.2025 й., 03/25/1019/0041-сон)

Shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko'rmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog'lig'iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.