Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir:
mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko'rsatuvchi yuridik shaxs;
lombard — shaxsiy iste'molga mo'ljallangan ko'char mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablag'larni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo'naltirish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
kafolatlar berish tashkiloti — yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish bo'yicha kafolatlar (kafilliklar) berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko'rsatuvchi yuridik shaxs;
faktoring tashkiloti — pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
lex.uz’dagi asl matnLaw on Non-bank Credit Organisations and Microfinance
3-modda. Nobank kredit tashkilotlari
(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонунига асосан бешинчи ва олтинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.