Mehnat kodeksi

97-modda. Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari

Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida quyidagi majburiyatlar bo'ladi: ushbu Kodeksning 166-moddasiga muvofiq xodimlarni ishdan bo'shatish to'g'risida axborot taqdim etish; ushbu Kodeksning 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo'l qo'ymaslik; ushbu Kodeksning 99-moddasiga muvofiq ish o'rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga shaxslarni ishga joylashtirish; ushbu Kodeksning 165-moddasiga muvofiq xodimlarni mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida ogohlantirish; ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq xodimning ish o'rnini boshqa ishga o'tkazish tartibida saqlash choralarini ko'rish; mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 100-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda o'rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish; taklif etilgan shaxslarga ushbu Kodeksning 101-moddasiga muvofiq kafolatlar berish; o'zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 102-moddasiga muvofiq alohida asoslarga ko'ra bekor qilingan xodimlarni qayta ishga qabul qilish; jamoa kelishuvlariga va jamoa shartnomasiga muvofiq qo'shimcha kafolatlar berish. Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.