Davlat:
bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga o'tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni;
maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul ko'maklashishni;
kasb egallashda va ishga ega bo'lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq to'lashda, xizmat pog'onalari bo'yicha ko'tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga ko'maklashishni;
mehnat organlarining taklifiga ko'ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko'chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini;
haq to'lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi.
Ishga joylashtirish bo'yicha kafolatlarni taqdim etish tartibi aholi bandligi to'g'risidagi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
95-modda. Ishga joylashtirish bo'yicha davlat kafolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.