Jamoa kelishuvlarida:
xodimlarning holatini mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, shuningdek amal qilishi ushbu xodimlarga nisbatan tatbiq etiladigan yuqoriroq darajadagi jamoa kelishuvlariga qaraganda yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg'ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzadigan;
ijtimoiy sheriklikning tegishli darajasida hal etilishi mumkin bo'lgan masalalardan tashqariga chiqadigan shartlar bo'lmasligi kerak.
Agar jamoa kelishuvida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo'lsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa kelishuvi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa kelishuvining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
86-modda. Jamoa kelishuvlari shartlarining haqiqiy emasligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.