Mehnat kodeksi

6-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik printsipi

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik printsipi xodimlarning, ular vakillarining, ish beruvchilarning, ular vakillarining, shuningdek davlat organlarining ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari yuzasidan xodimlarning, ish beruvchilarning va davlatning manfaatlarini muvofiqlashtirishni ta'minlashga qaratilgan hamkorligidan iboratdir. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik printsipiga asoslangan holda mehnat to'g'risidagi qonunchilik: yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni hamda ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan xodimlarning va ish beruvchilarning manfaatlarini muvofiqlashtirish maqsadida mehnat sohasidagi ikki tomonlama (xodimlar, ularning vakillari va ish beruvchilar, ularning vakillari o'rtasidagi) va uch tomonlama (xodimlarning, ish beruvchilarning vakillari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o'rtasidagi) hamkorlikni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi; xodimlarning va ish beruvchilarning vakillikni ta'minlash hamda o'z manfaatlarini himoya qilish uchun birlashishga bo'lgan huquqini kafolatlaydi; xodimlar va ish beruvchilar vakillarining jamoaviy muzokaralar olib borishga, jamoa kelishuvlarini hamda jamoa shartnomasini tuzishga bo'lgan huquqini mustahkamlaydi; ish beruvchi tomonidan boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotining saylab qo'yiladigan organi (kasaba uyushmasi qo'mitasi, kasaba uyushmasining tashkilotchisi yoki kasaba uyushmasi guruhining tashkilotchisi) yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (bundan buyon matnda kasaba uyushmasi qo'mitasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda qanday ichki hujjatlar qabul qilinishi mumkinligini belgilaydi; mehnat nizolarini hal qilishda (tartibga solishda) xodimlarning va ish beruvchilarning vakillari ishtirokini nazarda tutadi; xodimlarning va ish beruvchilarning mehnat sohasidagi manfaatlari muvozanatini ta'minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni mustahkamlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.