Labour Code

583-modda. Ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qaror haqida xabardor qilish

Kasaba uyushmasi qo'mitasi ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qaror haqida ish beruvchini ushbu qaror qabul qilingan paytdan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Ish beruvchi bo'lajak ish tashlashni e'lon qilish to'g'risida yozma xabarnomani olgan paytdan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay bu haqda jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi. Ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qarorda belgilangan vaqtda ish tashlash boshlanmagan bo'lsa, jamoaviy mehnat nizosini hal qilish ushbu Kodeksning 573-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.