Labour Code

576-modda. Jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish)

(576-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1150-сонли Қонунига асосан тўққизинчи ва ўнинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 11.06.2026 й., 03/06/1150/0587-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 12 сентябрь)

Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) bo'yicha organdir. Vaqtinchalik mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan mazkur jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo'yicha tegishli davlat organi bilan birgalikda tuziladi. Tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha uch tomonlama komissiyaning qaroriga ko'ra komissiya huzurida taraflarning kelishuvi asosida hal etish (tartibga solish) uchun o'ziga topshiriladigan jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) maqsadida doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi mehnat arbitraji tuzilishi mumkin. Jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etish (tartibga solish) yakunlanganidan keyin kelishmovchiliklar bayonnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yoxud mediator nomzodi xususida jamoaviy mehnat nizosi taraflarining kelishuviga erishilishi kerak bo'lgan muddat tugagach yoki taraflarning yoki taraflardan biri jamoaviy mehnat nizosini mediator ishtirokida hal etishni (tartibga solishni) rad etganligi to'g'risidagi bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin jamoaviy mehnat nizosining taraflari jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etish (tartibga solish) yuzasidan muzokaralar o'tkazishi shart. Jamoaviy mehnat nizosi taraflari jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida hal etishga (tartibga solishga) rozi bo'lgan taqdirda, ular tomonidan mehnat arbitrajining qarorlarini bajarish majburiyligi to'g'risidagi shartni o'z ichiga olgan tegishli kelishuv tuziladi. Shundan so'ng jamoaviy mehnat nizosining taraflari ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ikki ish kunigacha bo'lgan muddatda, ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) esa to'rt ish kunigacha bo'lgan muddatda jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) bo'yicha tegishli davlat organi bilan birgalikda ushbu jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) uchun vaqtinchalik mehnat arbitrajini tuzishi yoxud uni tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha uch tomonlama komissiya huzurida tashkil etilgan doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi mehnat arbitrajiga hal etish (tartibga solish) uchun topshirishi shart. Vaqtinchalik mehnat arbitrajining tarkibi va reglamenti ish beruvchining (ish beruvchilar vakilining), xodimlar vakilining hamda jamoaviy mehnat nizolarini hal etish (tartibga solish) bo'yicha davlat organining qarori bilan belgilanadi. Doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi mehnat arbitrajida jamoaviy mehnat nizosini hal qilish (tartibga solish) uchun mehnat arbitrajining tarkibini shakllantirish tartibi hamda uning reglamenti tegishli ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha uch tomonlama komissiya tomonidan tasdiqlanadigan doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi mehnat arbitraji to'g'risidagi nizom bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda doimiy asosda faoliyat ko'rsatuvchi mehnat arbitrajining namunaviy nizomi tasdiqlanishi mumkin. Jamoaviy mehnat nizosi ijtimoiy sheriklikning birlamchi darajasida jamoaviy mehnat nizosini hal etishda (tartibga solishda) ushbu nizo taraflarining vakillari ishtirokida besh ish kunigacha bo'lgan muddatda, jamoaviy mehnat nizosini ijtimoiy sheriklikning boshqa darajalarida hal etishda esa vaqtinchalik mehnat arbitraji tuzilgan yoki jamoaviy mehnat nizosi doimiy asosda faoliyat ko'rsatayotgan mehnat arbitrajiga hal etish (tartibga solish) uchun topshirilgan kundan e'tiboran o'n ish kunigacha bo'lgan muddatda mehnat arbitrajida hal etiladi (tartibga solinadi). Mehnat arbitraji: jamoaviy mehnat nizosi taraflarining murojaatlarini ko'rib chiqadi; jamoaviy mehnat nizosiga taalluqli bo'lgan zarur hujjatlar va ma'lumotlarni oladi; zarur bo'lgan hollarda, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini jamoaviy mehnat nizosining ehtimol tutilgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlari to'g'risida xabardor qiladi; jamoaviy mehnat nizosining mohiyatiga ko'ra qaror qabul qiladi. Mehnat arbitraji qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Mehnat arbitrajining jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) to'g'risidagi qarori ushbu nizo taraflariga qaror qabul qilingan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda topshiriladi. Agar ushbu Kodeks 589-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga binoan jamoaviy mehnat nizosini hal qilish uchun ish tashlash o'tkazib bo'lmaydigan bo'lsa, jamoaviy mehnat nizosini mehnat arbitrajida ko'rib chiqish majburiy hisoblanadi va mehnat arbitrajining qarori taraflar uchun, ularning ushbu masala bo'yicha kelishuvi mavjudligidan qat'i nazar, majburiy hisoblanadi. Agar taraflar vaqtincha mehnat arbitrajini tuzish, uning tarkibi va qoidalari to'g'risida yoki jamoaviy mehnat nizosini doimiy mehnat arbitrajiga o'tkazish to'g'risida kelishuvga erishmasa, ushbu masalalar yuzasidan qaror jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo'yicha davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Mehnat arbitraji — jamoaviy mehnat nizolarini (ish beruvchi va xodimlar o'rtasidagi kelishmovchiliklar) hal qiluvchi maxsus organ. Bu vaqtinchalik yoki doimiy asosda tuzilishi mumkin. Arbitraj taraflarning murojaatlarini ko'rib chiqadi, hujjatlarni oladi va qaror qabul qiladi. **Kimga tegishli** Bu tartib ish beruvchilar va xodimlar o'rtasidagi jamoaviy nizolarni hal qilish uchun qo'llaniladi. **Amalda** Agar zavod va profsoyuz ish vaqti yoki ish haqi to'g'risida kelishmasa, mehnat arbitraji ikkala tomonning fikrlarini eshitib, qonun asosida qaror qabul qiladi. Qaror ikkala tomon uchun majburiy hisoblanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.