Labour Code

56-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya ishini rejalashtirish

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning navbatdagi yil uchun ish rejasi komissiyaning joriy yil to'rtinchi choragidagi oxirgi majlisida tasdiqlanadi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning ish rejasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: komissiya reglamentini tayyorlash uchun mas'ul bo'lgan komissiya a'zolari; komissiya majlislari o'tkaziladigan sanalar; komissiya muhokamasiga taqdim etiladigan masalalarning ta'rifi; komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash uchun mas'ul bo'lgan komissiya a'zolari; jamoa kelishuvlarining, jamoa shartnomasining bajarilishi, komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning ro'yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish choralari; komissiya ishining texnik ta'minotiga qaratilgan chora-tadbirlar. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning ish rejasida komissiyaning samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlashga, tegishli darajadagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin. Taraflarning kelishuviga ko'ra ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiyaning ish rejasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya majlislarida ish rejasiga kiritilmagan qo'shimcha masalalar ijtimoiy sheriklik taraflarining kelishuviga ko'ra ko'rib chiqilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ijtimoiy-mehnat komissiyasi o'z ishini oldindan rejalashtirishi kerak. Ish rejasi har yil to'rtinchi chorakda tasdiqlanadi. Rejada komissiya majlislari qachon bo'ladi, qanday masalalar ko'rib chiqiladi, kim javobgar bo'ladi va nazorat qanday amalga oshiriladi ko'rsatiladi. **Kimga tegishli** Bu qoida ishchi va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy-mehnat komissiyasiga tegishli. **Amalda** Zavod direktori va profsouz rahbari birgalikda komissiyaning yillik rejasini tuzadilar. Rejada "Ish xavfsizligi" masalasini fevral oyida, "Ish haqi" masalasini aprel oyida ko'rib chiqish belgilanadi. Har bir masala uchun javobgar odam tayinlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.