Mehnat kodeksi

556-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko'rib chiqishni sudga o'tkazish va mehnat nizolari bo'yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish

Agar mehnat nizolari bo'yicha komissiya o'n kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini ko'rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli. Mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining ko'chirma nusxasi o'ziga topshirilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o'tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo'la olmaydi. Sud o'tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko'ra ko'rib chiqishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.