Mehnat nizolari bo'yicha komissiya xodimning arizasini qabul qilishni, agar mehnat nizolari bo'yicha komissiyaning yoki sudning ish yurituvida xuddi shu taraflar o'rtasidagi nizo bo'yicha, xuddi shu predmet va xuddi shu asoslar bo'yicha boshqa ariza mavjud bo'lsa yoxud ariza xodimning nomidan buning uchun vakolatli bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa yoki ushbu yakka tartibdagi mehnat nizosini ko'rib chiqish komissiyaning vakolatlariga kirmasa, rad etadi.
Avvalgi majlisda tayinlangan mehnat nizolari bo'yicha komissiya raisi ariza beruvchiga arizani qabul qilishga doir yozma ravishda asoslantirilgan rad javobini uch kunlik muddat ichida beradi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
553-modda. Xodimning arizasini qabul qilishni rad etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.