Mehnat kodeksi

54-modda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosining faoliyatini tugatish yoki uni vaqtincha almashtirish

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosining faoliyati komissiya vakolatlarining muddati tugashi munosabati bilan, shuningdek quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin: qaysi xolisona sabablar oqibatida ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosi o'z faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo'lmasa, o'sha sabablar mavjud bo'lgan taqdirda (vafot etganligi, komissiya a'zosi sifatida faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi sud hukmining mavjudligi va boshqalar); komissiya a'zosini u vakillik qilayotgan taraf chaqirib olganda; komissiya a'zosi o'zini o'zi rad etganda. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosining faoliyati muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, u manfaatlarini ifoda etayotgan taraf o'n kalendar kundan kechiktirmay komissiyaning yangi a'zosini tasdiqlashi kerak. Agar ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha komissiya a'zosi uzrli sababga ko'ra (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, xizmat safarida, mehnat ta'tilida yoki ijtimoiy ta'tilda bo'lganligi sababli va boshqalar) vaqtincha o'z majburiyatlarini bajara olmasa, mazkur a'zo o'ziga vakillik qilayotgan taraf ushbu komissiya a'zosi bo'lmagan muddat ichida komissiyada mazkur tarafga vakillik qiladigan shaxsni ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan muddatda belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.