Mehnat kodeksi

529-modda. Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari

Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: xodimlarning mehnat huquqlarini o'zi himoya qilishidan; mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvidan; mehnat to'g'risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratidan; mehnat huquqlarining yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali himoya qilishdan; mehnat huquqlarining mehnat nizolarini ko'rib chiquvchi organlar tomonidan himoya qilishdan. Xodimlarga mehnat huquqlarini himoya qilish usulini tanlash, qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan o'z mehnat huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.