Mehnat kodeksi

514-modda. Uy ishchilari

Ish beruvchi bo'lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko'rsatuvchi xodimlar (bog'bonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar va boshqalar) uy ishchilaridir. Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular o'n olti yoshga to'lganida yo'l qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar o'zida fuqarolik muomala layoqati to'liq hajmda mavjud bo'lgan taqdirda, uy ishchilarini ishga yollash huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.