Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma ichki hujjatlarni (ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatga haq to'lash to'g'risidagi nizomni, mukofotlash haqidagi nizomni, smenalar jadvalini va boshqalarni) qabul qilishdan to'liq yoki qisman voz kechishga haqli. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun ish beruvchi bo'lgan mikrofirma xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq ichki hujjatlar bilan tartibga solinishi zarur bo'lgan shartlarni kiritishi kerak. Mazkur mehnat shartnomalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy shakl asosida tuziladi.
Ish beruvchi bo'lgan mikrofirmalarga ishga kiruvchi shaxslar bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoxud muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Ish beruvchi bo'lgan mikrofirmalarning xodimlariga ushbu mikrofirmadagi ish staji uchun qo'shimcha mehnat ta'tili berilishi mumkin, uning davomiyligi va uni berish tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ish beruvchi bo'lgan mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining o'zgarishi (ushbu Kodeksning 137-moddasi birinchi qismi) va ish beruvchining boshqa joyga ko'chishi munosabati bilan joyning o'zgarishi (ushbu moddaning 146-moddasi birinchi qismi) to'g'risida kamida bir oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
505-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni ichki hujjatlar hamda mehnat shartnomalari bilan huquqiy jihatdan tartibga solish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.