Mehnat kodeksi

483-modda. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo'shimcha ta'til

Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo'shimcha ta'til qaysi joylarda ishlaganlik uchun mehnat haqiga tegishli koeffitsiyentlar belgilangan bo'lsa, o'sha joylarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarga beriladi. Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay hududlarning ro'yxati va bunday sharoitlardagi ish uchun beriladigan yillik qo'shimcha ta'tilning eng qisqa davomiyligi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan yillik qo'shimcha ta'tillar belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.