Zararli (o'ta zararli) va (yoki) xavfli (o'ta xavfli) ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari noqulay mehnat sharoitlaridir. Xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari ishlab chiqarish omillaridir.
Xodimga ta'siri kasb kasalligiga olib kelishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari zararli mehnat sharoitlaridir.
Xodimga ta'siri uning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari xavfli mehnat sharoitlaridir. Miqdoriy tavsifiga va ta'sir ko'rsatishning davomiyligiga qarab ayrim zararli ishlab chiqarish omillari xavfli bo'lishi mumkin.
Kasb kasalliklarining og'ir shakllarini (umumiy mehnat qobiliyatining yo'qotilishi) yoxud surunkali kasalliklar sonining ancha o'sishini va mehnat qobiliyatining vaqtincha yo'qotilishi kuzatiladigan kasallanishning yuqori darajalarini keltirib chiqaradigan zararli ishlab chiqarish omillari darajalari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari o'ta zararli mehnat sharoitlaridir.
Smena davomida o'limga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish omillari bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlari o'ta xavfli mehnat sharoitlaridir.
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari deganda xodim tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishga va uning cho'l joylarda, baland tog'li, borish qiyin bo'lgan joylarda, shuningdek noqulay ekologik vaziyatga ega bo'lgan joylarda istiqomat qilishiga noqulay ta'sir ko'rsatadigan tabiiy-iqlim, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy-biologik omillar yig'indisi tushuniladi. Mehnat qilish uchun noqulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo'lgan joylar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn473-modda. Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari tushunchalari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Noqulay mehnat sharoitlari — bu ishlab chiqarishda zararli yoki xavfli omillar mavjud bo'lgan sharoitlardir. Zararli omillar kasb kasalligiga olib keladi, xavfli omillar esa jarohatlanishga sabab bo'ladi. O'ta zararli va o'ta xavfli sharoitlar eng og'ir natijalarni keltirib chiqaradi.
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlari — bu cho'l, tog', qiyin joylarda va yomon ekologiyada mehnat qilishga noqulay ta'sir ko'rsatadigan tabiiy omillardir.
**Kimga tegishli**
Bu qoidalar barcha xodimlarni himoya qilish uchun mo'ljallangan.
**Amalda**
Qurilish ishchisi baland binoda ishlaydi — bu o'ta xavfli sharoit. Yoki kimyo zavodida ishlovchi xodim zaharli gazga ta'sir ostida bo'ladi — bu o'ta zararli sharoit. Bunday ishlarda xodimlar qo'shimcha to'lov va dam olish huquqiga ega.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.