Labour Code

45-modda. Ish beruvchilarning xodimlar vakillarining faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari

Ish beruvchilar: xodimlar vakillarining huquqlarini buzmasligi, ularning faoliyatiga ko'maklashishi; xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilinguniga qadar xodimlar vakillari bilan maslahatlashuvlar o'tkazishi, qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda esa ularning roziligini olishi; xodimlar vakillarining takliflarini o'z vaqtida ko'rib chiqishi va qabul qilingan qarorlar to'g'risida ularga yozma shaklda asoslangan tarzda xabar qilishi; xodimlarning vakillarini ular qaysi xodimlar manfaatlarini ifodalayotgan bo'lsa, o'sha xodimlarning ish joylariga moneliksiz kiritishi; xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlari masalalariga oid zarur axborotni xodimlar vakillariga bepul taqdim etishi; xodimlarning vakillari o'z vazifalarini bajarishi uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlashi; xodimlarning vakili bo'lgan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan shaxslarga ish vaqtida xodimlarning manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish majburiyatlarini bajarish uchun o'rtacha ish haqi saqlangan holda vaqt berishi. Ko'rsatilgan shaxslarga taqdim etiladigan vaqtning aniq davomiyligi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchilar yoki ularning vakillari bilan kelishib belgilanadi. Bunda ushbu vaqtning davomiyligi ish haftasi soatlari miqdorining o'ttiz foizidan kam bo'lishi mumkin emas; xodimlarning vakillariga jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun va miqdorlarda mablag'lar ajratishi shart. Ish beruvchilarning zimmasida xodimlar vakillariga nisbatan qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Ish beruvchi xodimlarning vakillari (profsoyuz, ishchi komiteti) bilan hamkorlik qilishi kerak. Ish beruvchi ularning huquqlarini hurmat qilishi, ularning takliflarini tinglashi va javob berishi, zarur ma'lumot berishi hamda ularning faoliyati uchun vaqt va sharoitlar yaratishi majbur. KIMGA TEGISHLI Bu majburiyat barcha ish beruvchlarga va xodimlarning vakillariga tegishli. AMALDA Masalan, ish beruvchi xodimlar vakili bilan ish haqi yoki ish sharoitlari haqida qaror qabul qilishdan oldin maslahat qiladi. Vakil uchun ish vaqtining 30% ini o'z ishidan ozod qiladi, shuning uchun ham maosh to'liq to'lanadi. Ish beruvchi vakil uchun kabinet va telefon beradi, jamoa kelishuviga pul ajratadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.