Mehnat kodeksi

441-modda. O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishning qo'shimcha asoslari

O'rindoshlik asosida ishlovchi shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 1) mazkur ishga o'zi uchun asosiy ish joyi bo'lgan xodim qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi bu haqda o'rindoshni mehnat shartnomasi bekor qilinguniga qadar kamida ikki hafta oldin yozma shaklda ogohlantiradi yoxud mutanosib miqdorda pulli kompensatsiya to'laydi; 2) qonunchilikda yoki ushbu Kodeks 433-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq o'rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar joriy etilganligi munosabati bilan.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.