Quyidagi hollarda o'rindoshlik asosida ishlashga yo'l qo'yilmaydi:
o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga;
agar o'rindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog'liq bo'lsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog'liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Agar o'rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog'lig'iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o'rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
433-modda. O'rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar
(433-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.