Ikki yoshga to'lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin bo'lmagan taqdirda, o'z arizasiga ko'ra bajariladigan ishi uchun haq to'lanadigan, biroq avvalgi ishi bo'yicha o'rtacha ish haqidan kam bo'lmagan miqdorda bola ikki yoshga to'lguniga qadar ish haqi to'lanadigan boshqa ishga o'tkaziladi.
Ish beruvchida boshqa ish mavjud bo'lmagan taqdirda, ikki yoshga to'lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimga qonunchilikda belgilangan tartibda bola parvarishi bo'yicha nafaqa to'lanadi.
Yakka tartibdagi mehnatga doir nizo yuzaga kelgan taqdirda, ikki yoshga to'lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan xodimni boshqa ishga o'tkazish mumkin emasligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
395-modda. Ikki yoshga to'lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan birini (vasiyni) boshqa ishga o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.