Mehnat kodeksi

390-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlarini belgilash chog'ida kafolatlarning saqlanib qolishi

Xodimlarning mehnat sohasidagi hamda muayyan mehnat turiga xos bo'lgan talablar yoki yuqori ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslarga alohida g'amxo'rlik qilish (mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari) bilan o'zaro bog'liq bo'lgan mashg'ulotlar sohasidagi huquqlarining asoslantirilgan tafovutlari, istisnolari, afzalliklari, shuningdek cheklovlarini belgilash chog'ida tegishli toifadagi xodimlarning ushbu Kodeksda va mehnat to'g'risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha kafolatlari saqlanadi, bundan ushbu bo'limda belgilangan, xodimlarning mazkur toifasi uchun ayrim kafolatlarni berish imkoni yo'qligi bilan bog'liq alohida istisnolar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.