Mehnat kodeksi

385-modda. Kechki yoki sirtqi ta'lim shakli bo'yicha ta'lim olayotgan xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar

(385-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

Oliy, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qiyotgan xodimlarga o'rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o'quv ta'tillari: birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta'lim shaklida o'qiyotganlar uchun oliy ta'lim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlarida — kamida o'n kalendar kun, oliy, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlaridagi sirtqi ta'lim shakli bo'yicha esa — kamida o'ttiz kalendar kun; uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta'lim shaklida o'qiyotganlar uchun oliy ta'lim tashkilotlarida — kamida o'ttiz kalendar kun, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlaridagi sirtqi ta'lim shakli bo'yicha esa — kamida qirq kalendar kun muddatga har yili beriladi. Mehnat to'g'risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko'proq bo'lgan o'quv ta'tillari nazarda tutilishi mumkin. Ishni o'qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta'tillari ular o'quv ta'tillaridan foydalanganligidan qat'i nazar beriladi. Ish beruvchi oliy ta'lim tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta'lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo'lkira haqining ellik foizidan kam bo'lmagan miqdorini to'laydi. Davlat attestatsiyasidan o'tish uchun xuddi shunday miqdorda yo'lkira haqi to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.