Ishlab chiqarish ta'limini muvaffaqiyatli tamomlagan ish qidirayotgan shaxslarga o'zi ta'limni o'tagan ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzilganda sinov muddati belgilanmaydi.
Agar o'quvchi ishlab chiqarish ta'limi tugaganidan keyin ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi bo'yicha va (yoki) mehnat shartnomasi bo'yicha majburiyatlarini uzrli sabablarsiz bajarmasa, shu jumladan ishga kirishmasa, u ishlab chiqarish ta'limi vaqtida olingan stipendiyani ish beruvchiga uning talabiga ko'ra qaytarib beradi, shuningdek ish beruvchining ishlab chiqarish ta'limi o'talishi munosabati bilan qilingan, o'qish tugaganidan keyin haqiqatan ishlab berilmagan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan boshqa xarajatlarining o'rnini ushbu Kodeksning 348-moddasiga muvofiq qoplaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
381-modda. Ishlab chiqarish ta'limi tugallanganidan keyin o'quvchilarning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.