Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi muayyan ishni bajarish uchun talab etiladigan malakani olish uchun zarur bo'lgan muddatga tuziladi.
Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi kamida ikki nusxada, yozma shaklda tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega bo'ladi va ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi.
Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining har bir nusxasi o'quvchining va ishga qabul qilish huquqiga ega bo'lgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Ish beruvchining muhri mavjud bo'lganda ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining barcha nusxalarida mansabdor shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining bir nusxasi o'quvchiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining nusxasi o'quvchi tomonidan olinganligi o'quvchining ish beruvchida saqlanadigan ishlab chiqarish ta'limi shartnomasi nusxasidagi qo'shimcha imzosi bilan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
375-modda. Ishlab chiqarish ta'limi shartnomasining muddati va shakli
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.