Mehnat kodeksi

362-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'l-yo'riqdan o'tkazish va o'qitish

Ishga yangi kirayotgan barcha xodimlar, shuningdek boshqa ishga o'tkazilayotgan xodimlar uchun ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'l-yo'riq berishni amalga oshirishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko'rsatishga oid o'quvni tashkil etishi shart. Yuqori xavfga ega bo'lgan ishlab chiqarishga yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kiruvchi xodimlar uchun ishni xavfsiz uslublar va usullar bilan bajarish bo'yicha dastlabki tayyorgarlik, kasb bo'yicha bir oy davomida mehnatni muhofaza qilishga doir o'quv o'tkazilib, imtihon topshiriladi va keyinchalik mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha majburiy davriy attestatsiya o'tkaziladi. Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ushbu xodimlar va rahbarlarning kasbi hamda ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitilishi, yo'l-yo'riq olishi, bilimlarining tekshiruvidan o'tkazilishi shart. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha belgilangan tartibda o'quvdan o'tmagan, yo'l-yo'riq olmagan va bilimlari tekshiruvdan o'tkazilmagan shaxslarni ish beruvchi ishdan chetlashtirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.