Mehnat kodeksi

345-modda. Yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash

Ish beruvchiga yetkazilgan zarar miqdori buxgalteriya hisobi ma'lumotlari asosidagi haqiqiy yo'qotishlar bo'yicha belgilanadi. Ish beruvchining asosiy fondlarga (vositalarga) taalluqli bo'lgan mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdori belgilangan normalarga ko'ra eskirish chegirib tashlangan, moddiy qimmatliklarning balans qiymatidan (tannarxidan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Ish beruvchining asosiy fondlarga (vositalarga) taalluqli mol-mulki o'g'irlangan, kamomad bo'lgan, qasddan yo'q qilingan yoki qasddan buzilgan taqdirda zararning miqdori zarar aniqlangan kunda ushbu hududda amalda bo'lgan bozor narxlari bo'yicha hisoblab chiqariladi. Boshqa hollarda zararning miqdori u yetkazilgan kuni mazkur hududda amalda bo'lgan bozor narxlari bo'yicha hisoblab chiqariladi. Qonunchilikda ish beruvchiga o'g'rilik, mol-mulkning ayrim turlari va boshqa moddiy qimmatliklar kamomadi yoki yo'qotilganligi tufayli yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashning alohida tartibi, shu jumladan ish beruvchiga yetkazilgan zararning haqiqiy miqdori uning nominal miqdoridan ko'p bo'lgan hollarda zararni bir necha karra baravar hisoblab chiqarishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.