Mehnat kodeksi

334-modda. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Xodimning mol-mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi, agar u o'zining aybi yo'qligini isbotlab berolmasa, ushbu zararning o'rnini to'liq hajmda qoplaydi. Zararning miqdori zararning o'rnini qoplash kuni mazkur hududda amalda bo'lgan bozor narxlari bo'yicha hisoblab chiqariladi. Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rni xodimning roziligi bilan natura tarzida qoplanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.