Mehnat kodeksi

328-modda. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rnini ish beruvchi tomonidan qoplash muddati

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni quyidagicha qoplanadi: voyaga yetmagan shaxslarga — o'n sakkiz yoshga to'lguniga qadar; o'n sakkiz yoshdan oshgan o'quvchilarga — kunduzgi ta'limni tugatguniga, lekin ko'pi bilan yigirma uch yoshga to'lguniga qadar; ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod; nogironligi bo'lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga; marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo'lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a'zosiga — qaramog'idagi shaxslar o'n to'rt yoshga to'lguniga qadar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.