Agar jabrlanuvchining qo'pol ehtiyotsizligi ziyonning kelib chiqishiga yoki ko'payishiga sabab bo'lsa, o'rni qoplanishi lozim bo'lgan ziyon miqdori jabrlanuvchi aybining darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Jabrlanuvchi tomonidan qo'pol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi bo'lmagan hamda ish beruvchining javobgarligi u aybliligidan yoki aybsizligidan qat'i nazar yuzaga keladigan hollarda, o'rni qoplanishi lozim bo'lgan zarar miqdori sud tomonidan ham kamaytirilishi mumkin. Bunda ziyonning o'rnini qoplashni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Aralash javobgarlik xodimning sog'lig'iga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash chog'idagi qo'shimcha xarajatlarning o'rnini qoplashga, bir yo'la beriladigan nafaqani to'lashga, shuningdek boquvchi bo'lgan xodim vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplashga tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
326-modda. Xodimning sog'lig'iga ziyon yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.