Labour Code

320-modda. Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g'ayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplash majburiyati

Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g'ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o'rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan bo'lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi: ishga qabul qilish g'ayriqonuniy ravishda rad etilganligi; xodim g'ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilganligi; xodim ishdan g'ayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi; xodim bilan mehnat shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi; xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi ko'chirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi; mehnat nizolarini ko'rib chiqish bo'yicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to'g'risidagi qarorini o'z vaqtida bajarmaganligi; xodimning boshqa ishga kirishiga to'sqinlik qiladigan, uning sha'niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan ma'lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi; qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ish beruvchi qonunsiz xodimni ishdan mahrum qilsa yoki ishga qabul qilmasa, u xodimga olmagan ish haqi to'liq to'lashi kerak. Bu faqat pul bilan o'rnini qoplash emas, balki xodimning zarur bo'lgan daromadini qaytarish demakdir. **Kimga tegishli** Bu majburiyat ish beruvchiga tegishli. **Amalda** Xodim ishga qabul qilishdan rad etildi, lekin sud uning huquqi buzilganini isbotladi. Ish beruvchi xodimga ishga qabul qilinmagan kunlarning ish haqi to'liq to'lashi shart, hatto xodim shu vaqtda boshqa joyda ishlamagan bo'lsa ham.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.