Mehnat kodeksi

319-modda. Xodimga o'rni qoplanishi lozim bo'lgan ziyon

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o'rnini qoplashi shart: xodim mehnat qilish imkoniyatidan g'ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda; xodimning hayoti yoki sog'lig'iga ziyon yetkazilganda; xodimga ish haqi to'lash va unga to'lanishi lozim bo'lgan boshqa to'lovlar kechiktirilganda; xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda. Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma'naviy azob yetkazilgan bo'lsa, xodimga yetkazilgan ma'naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.