Mehnat kodeksi

267-modda. Yaroqsiz bo'lgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq to'lash

Ishlov beriladigan materialdagi yashirin nuqson tufayli paydo bo'lgan yaroqsiz mahsulot uchun, shuningdek xodimning aybisiz tayyorlangan yaroqsiz mahsulot uchun yaroqli mahsulotlar bilan teng ravishda haq to'lanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun mahsulotning yaroqliligi darajasiga qarab kamaytirilgan ishbay baholar bo'yicha haq to'lanadi. Xodimning aybi bilan tayyorlangan to'liq yaroqsiz mahsulot uchun haq to'lanmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.