Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to'lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:
mehnatga haq to'lashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qo'llagan holda;
mehnatga haq to'lashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega bo'lgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qo'shimcha to'lov to'liq to'lanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to'lash tarif stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi.
Tungi vaqtdagi, shuningdek ko'p smenali rejimdagi ish uchun ish haqiga doir qo'shimcha to'lovning aniq miqdori jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
264-modda. Tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.