Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko'rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko'payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo'shimcha to'lov belgilanadi va to'lanadi:
byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda.
Vaqtincha yo'q bo'lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi shtatdagi uning o'rnini bosadigan shaxs zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo'shimcha to'lov amalga oshirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
259-modda. Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko'rsatish doirasi kengayganda va ish hajmi ko'payganda mehnatga haq to'lash
(259-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.