Mehnat kodeksi

254-modda. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchidan xodimga berilishi kerak bo'lgan barcha summalarni to'lash xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo'lsa, tegishli summalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish to'g'risidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to'lanishi kerak. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo'lgan summalar miqdorlari to'g'risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi xodimga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatda to'lashi shart. Ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim, agar u hatto mukofot to'lanayotgan paytda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda bo'lmasa ham, bir yildagi ish yakunlariga ko'ra mukofot olish huquqiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.