Mehnat kodeksi

251-modda. Mehnatga haq to'lashning tarifsiz tizimi

Mehnatga haq to'lashning tarifsiz tizimi mehnatga haq to'lashni differentsiyalash usulini ifodalaydi, bunda xodimning mehnatiga haq to'lash miqdori uning ishining va jamoa ishining oxirgi natijalariga bog'liq bo'ladi hamda ushbu xodim ishining natijadorligi bahosini aks ettiradigan, xodimga berilgan koeffitsiyent asosida belgilanadigan, xodimning butun jamoa tomonidan ishlab topilgan mehnatga haq to'lash jamg'armasidagi ulushini ifodalaydi. Xodimning shaxsiy kasbiy yutuqlarini baholash mezonlari va normalari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishuvga ko'ra belgilanadi. Xodimning shaxsiy kasbiy yutuqlarini baholash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mehnatga haq to'lashning tarifsiz tizimi qo'llanilganda mehnatga haq to'lashning qonunchilik bilan kafolatlangan eng kam miqdoridan kam bo'lgan haq to'lash darajasini belgilashga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.