Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:
xodimlarga qonunchilikda belgilanmagan boshqa ijtimoiy ta'tillarni berish (nikoh tuzilganligi munosabati bilan, bola tug'ilishi munosabati bilan bolaning otasiga, xodimning yaqin qarindoshi vafot etganligi munosabati bilan va boshqalar);
ijtimoiy ta'tillar davomiyligini ularning qonunchilikda belgilangan davomiyligiga nisbatan ko'paytirish.
Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta'tillarda bo'lgan xodimlarning o'rtacha oylik ish haqi yoki uning bir qismi saqlanib qolishi nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta'tillarning davomiyligi, shuningdek mazkur ta'tillarni navbatdagi har yilgi mehnat ta'tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritish to'g'risidagi masala xodimlarga ushbu ta'tillar berilishini belgilovchi hujjatlarda tartibga solinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
238-modda. Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ijtimoiy ta'tillarni belgilash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.