Har yilgi mehnat ta'tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tilining to'liq miqdorini o'n ikkiga bo'lish hamda to'liq ishlangan oylar soniga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi. Bunda o'n besh kalendar kunga teng va undan ko'p bo'lgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o'n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta'tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko'p o'nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
224-modda. Har yilgi mehnat ta'tili davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.