Agar qonunda xodimni muayyan muddatga saylab qo'yiladigan lavozimga saylash yoki muayyan lavozimni egallash uchun davriy tanlov o'tkazish nazarda tutilgan bo'lsa, tegishli lavozimni egallab turgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim yangi muddatga saylanmaganligi yoki tanlovdan o'tmaganligi yoxud saylashda, tanlovda ishtirok etishni rad etganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
Agar saylov yoki tanlov bo'lib o'tmagan deb e'tirof etilsa, tegishli lavozimni egallagan xodim bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etadi. Bunday holda saylov yoki tanlov bo'lib o'tmagan deb topilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay (agar qonunda boshqacha muddat belgilanmagan bo'lsa) yangi saylov yoxud tanlov o'tkazilishi kerak.
Avval saylangan yoki tegishli lavozimga tanlov bo'yicha o'tgan xodim, agar u saylashda yoki tanlovda ishtirok etish uchun qonunchilikka muvofiq zarur bo'lgan hujjatlarni belgilangan muddatda topshirmagan bo'lsa, saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad qilgan deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn169-modda. Mehnat shartnomasini yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o'tmaganlik yoxud saylashda, tanlovda ishtirok etishni rad etganlik munosabati bilan bekor qilish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Agar ishchi muayyan vaqtga tayinlangan lavozimda ishlayotgan bo'lsa va yangi muddatga tayinlanmasa yoki tanlovdan o'tmasa, uning shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Agar saylov yoki tanlov noto'g'ri bo'lsa, ishchi shu lavozimda ishlashni davom ettiradi va bir oy ichida yangi saylov o'tkazilishi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu qoida muayyan muddatga tayinlangan xodimlar va ularning mehnat shartnomasiga tegishli.
**Amalda**
Direktor muddati tugagan bo'lib, yangi saylovda ishtirok etmadi. Uning shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Lekin agar saylov noto'g'ri bo'lsa, direktor ishlashni davom ettiradi va kompaniya bir oy ichida yangi saylov o'tkazishi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.