Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko'rsatish;
mehnat shartnomasi bo'yicha ish boshlanadigan kalendar sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendar sanani ko'rsatish;
yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (ob'yektni foydalanishga topshirish, o'rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo'q bo'lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
114-modda. Mehnat shartnomasining muddatini belgilash usullari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.