Mehnat to'g'risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda mehnatga oid munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xodimlar uchun O'zbekiston Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonunchiligiga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qoidalari mehnatga oid yakka tartibdagi munosabatlar va ular bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining mehnat to'g'risidagi qonunchiligida to'g'ridan-to'g'ri tartibga solinmagan hollarda ham qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn10-modda. Mehnat to'g'risidagi qonunchilik
(10-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан иккинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Mehnat to'g'risidagi qonunchilik — bu Mehnat Kodeksi va boshqa qonunlar to'plami bo'lib, ular ishchilar bilan ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Agar xalqaro shartnomada ishchilar uchun ko'proq huquqlar belgilangan bo'lsa, shu shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida barcha ish beruvchilar va ishchilarning o'zaro munosabatlarini boshqaradi.
AMALDA
Agar O'zbekiston xalqaro shartnomaga imzo cheksa va unda ishchilarning dam olish kunlari ko'proq bo'lsa, shu shartnomadagi qoida qo'llaniladi, hatto Mehnat Kodeksida boshqacha yozilgan bo'lsa ham.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.