«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

5-modda. Jamiyatning firma nomi va joylashgan manzili

Jamiyat davlat tilidagi va bir vaqtda jamiyatning ixtiyoriga ko'ra boshqa tillardagi to'liq firma nomiga ega bo'lishi mumkin va qisqartirilgan firma nomiga ega bo'lishga haqlidir. Jamiyatning to'liq firma nomi «mas'uliyati cheklangan jamiyat» degan so'zlarni o'z ichiga olishi kerak. Jamiyatning qisqartirilgan firma nomi uning to'liq yoki qisqartirilgan nomini hamda «mas'uliyati cheklangan jamiyat» degan so'zlarni yoki «MChJ» qisqartmasini o'z ichiga olishi kerak. Jamiyatning firma nomi uning tashkiliy-huquqiy shaklini aks ettiruvchi, shu jumladan chet tillardan o'zlashtirilgan boshqa atamalar va qisqartmalarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, o'z ichiga olishi mumkin emas. Chet elliklar ishtirokida tashkil etilayotgan jamiyatning firma nomiga uning muassislari qaysi davlatga mansubligini ko'rsatuvchi qayd kiritilishi mumkin. Jamiyatning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq jamiyatning ta'sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, u davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joyga ko'ra belgilanadi. Jamiyatning ta'sis hujjatlarida uning boshqaruv organlari doimiy joylashgan yer yoki uning asosiy faoliyati yuritiladigan joy jamiyatning joylashgan yeri deb belgilanishi mumkin. Jamiyat o'zi bilan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega bo'lishi kerak va yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organni o'zining pochta manzili o'zgarganligi to'g'risida xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.