Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qonunchilik normalariga muvofiq bo'lmagan qarorlari belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi.
Hokim xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorini qayta ko'rib chiqish to'g'risida Kengashga tegishli taqdimnoma kiritadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga bo'lgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos bo'lgan qarorlar mustasno. Kengash hokimning taqdimnomasini bir oylik muddatda ko'rib chiqib, Kengash qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risida qaror qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan hokimning taqdimnomasi qanoatlantirilmagan taqdirda, hokim Kengashning tegishli qarorini bekor qilish to'g'risida yuqori turuvchi Kengashga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari o'zining amal qilishini tugatadi.
Hokimlarning hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan to'xtatiladi yoki bekor qilinadi.
Hokimlarning qonunchilikka, shuningdek O'zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid bo'lgan hujjatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to'xtatiladi yoki bekor qilinadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga bo'lgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos bo'lgan hujjatlar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
26-modda. Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish
(26-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.