Xalq deputatlari Kengashi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Kengash so'rovini yuborishga haqli.
Kengash so'rovi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko'rib chiqish bilan bog'liq faoliyatga taalluqli bo'lishi mumkin emas.
Kengash so'rovini yuborish to'g'risidagi taklif Kengashning deputatlari, doimiy va muvaqqat komissiyalari, partiya guruhlarining tashabbusi asosida Kengash sessiyasida ko'rib chiqiladi.
Kengash so'rovining tashabbuskorlari tomonidan Kengash so'rovi loyihasi tayyorlanib, u Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun Kengash raisiga yuboriladi.
Kengash so'rovi loyihasiga uni asoslantiruvchi zarur materiallar ilova qilinadi. Kengash so'rovi loyihasida so'rovga javob berishning shakli (og'zaki yoki yozma) to'g'risidagi talablar bo'lishi kerak.
Kengash so'rovini yuborish to'g'risidagi qaror Kengash deputatlari umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari Kengash so'roviga og'zaki javobni Kengash tomonidan belgilangan muddatda Kengash sessiyasida beradi.
Davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari Kengashning so'roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo'lmasa, so'rov olingan kundan e'tiboran o'n kundan kechiktirmay yuborishi kerak.
Kengash so'roviga javobda so'rovda qo'yilgan masalalarning har biri bo'yicha aniq va batafsil asoslantirilgan ma'lumotlar ochib berilishi kerak.
Kengashning so'roviga javob so'rov o'z nomiga yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kengash so'roviga yozma javob Kengashning sessiyasida raislik qiluvchi tomonidan o'qib eshittiriladi. Yozma javobning ko'chirma nusxalari javob Kengashning sessiyasida o'qib eshittirilguniga qadar deputatlarga yuboriladi.
Kengash so'rovlariga javoblar Kengash sessiyasida muhokama qilinadi va uning yakunlari bo'yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
25⁶-modda. Kengash so'rovi
(25⁶-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.