«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

20-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati

(20-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонунига бешинчи ва олтинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko'rsatish tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tomonidan ta'minlanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati yuridik shaxs bo'lib, uning faoliyati tegishli mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining tuzilmasi, nizomi, shtatlari, uning xodimlari mehnatiga haq to'lash miqdori va moddiy-texnika ta'minoti, shuningdek ularni saqlash xarajatlari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatga oid munosabatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari muddatiga bog'liq bo'lmaydi, kotibiyat mudiri bundan mustasno. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan Kengash raisi tomonidan tayinlanadi va doimiy asosda faoliyat yuritadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri o'z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o'z nomi tushirilgan muhriga hamda blankalariga ega bo'ladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.