Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari:
o'z tashabbusiga ko'ra yoki Kengashning topshirig'iga binoan Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
faoliyat yo'nalishi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalarini dastlabki tarzda ko'rib chiqadi va ularni Kengash sessiyasida ko'rib chiqish uchun tayyorlaydi;
xalq deputatlari Kengashi qarorlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari yuzasidan xulosalar hamda takliflar beradi;
xalq deputatlari Kengashining tavsiyasiga ko'ra byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holatini o'rganadi;
ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni jalb etadi;
tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan ma'lumotlarni va ekspert xulosalarini, shuningdek boshqa axborotni talab qilib oladi;
tegishli hududda qonun hujjatlarining va xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini, huquqning qo'llanilish amaliyotini joylarga chiqqan holda o'rganadi;
normativ-huquqiy hujjatlarni, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini targ'ib etish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
19¹-modda. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
(19¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.